Shavkat Mirziyoyev mudofaa vaziriga qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish, Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma'muriy sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlat rahbari safarbarlik sohasidagi tayyorgarligi va hududiy mudofaasini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi. U harbiy aviatsiya va HHM tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
BMT Bosh assambleyasi delegatlari Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya mamlakatlarini Xavfsizlik kengashining yangi vaqtinchalik a’zolari etib sayladi. Ushbu davlatlar vakillari 2023−2024 yillar davomida Kengash ishida ishtirok etadi.
Tal’at Valiyev O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq, Babur Shayakubov Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosarligidan ozod qilingandi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Babur Shayakubov Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shavkatbek Mamajonovning o‘rnini egalladi.
Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. «Biz uchun yaqin qo‘shni va qardosh Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi», — dedi u. Prezident qo‘shni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin o‘z iziga tushib borayotgani hamda odamlar osoyishta hayotga qaytayotganini ta’kidladi.
Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting